Farg‘ona tumanida yoshlar o‘rtasida mini futbol musobaqasi tashkil etildi





Farg‘ona tumani “Tinchlik” va “Beruniy” mahallalari hududida joylashgan 55-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi, shuningdek, “Iyun — yoshlar oyligi” doirasida qiziqarli sport tadbirlari davom etmoqda.
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida tasdiqlangan Kalendar-reja asosida mini futbol musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqa do‘stona muhitda, yoshlar o‘rtasida hamjihatlik, jamoaviylik va sport madaniyatini shakllantirish ruhida o‘tdi. G‘olib jamoalar munosib rag‘batlantirildi.
Bu kabi tadbirlar yoshlarda sog‘lom hayot tarzini qaror toptirishda, ularning jismoniy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Yoshlar harbiylashgan ot sporti mashg‘ulotlariga jalb qilindi

Farg‘ona shahar hokimi turk ishbilarmonlari delegatsiyasini qabul qildi

Aholi muammolarini hal etish kechiktirib bo‘lmas masala


Farg‘ona shahri eng obod va namunali hudud bo‘lishi kerak