Farg‘ona shahri eng obod va namunali hudud bo‘lishi kerak








Farg‘ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligida o‘tkazilgan tanqidiy yig‘ilishdan so‘ng viloyat markazida obodonlashtirish, tozalik ishlariga eʼtibor qaratilmoqda. Xususan birinchi galda o‘rganish davomida muammo va kamchiliklar aniqlangan mahallalar va ko‘chalardagi holatni ijobiy ko‘rinishga keltirishga kirishildi.
Shahar hokimi rahbarligidagi ishchi guruhi Nodirabegim, Sohibqiron Temur va Ibrat mahallalarida aholi yashash sharoitlarini o‘rgandi. Obodonchilik ishlariga e’tiborsizlik qilgan mas’ullarga qat’iy ogohlantirish berildi.
Farg‘ona shahrining yanada obod bo‘lishi har bir fuqaroning mas’uliyatli yondashuviga bog‘liqligi bois mahalla raislari oqsoqollar bilan uchrayotgan salbiy holatlarni aholi bilan bartaraf etishi zarurligi tushuntirildi. Loqayd va befarq bo‘lmaslik, toza va ko‘rkam mahallani asrash — barchaning burchi va vazifasi ekanligini unutmaslik darkor. Kamchiliklarni bartaraf etish ishlari mahallalarda davom etadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Yoshlar harbiylashgan ot sporti mashg‘ulotlariga jalb qilindi

Farg‘ona shahar hokimi turk ishbilarmonlari delegatsiyasini qabul qildi

Aholi muammolarini hal etish kechiktirib bo‘lmas masala