Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1382025-06-17 17:24

Farg‘ona shahar hokimi turk ishbilarmonlari delegatsiyasini qabul qildi

http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2091444854266980.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2091444854269370.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2091444854270565.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2091444854271760.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2091444854272955.jpg

Farg‘ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov Turkiyadan tashrif buyurgan ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Barışlar Medikal Boshqaruv Kengashi Raisi Ziya Barış hamda Yüksek İhtisas Üniversity Vasiylik kengashi raisining maslahatchisi dotsent Abdülbeşir Ceylan bilan ikki tomonlama manfaatli hamkorlik imkoniyatlari, ayniqsa sog‘liqni saqlash sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda yangi bosqichga chiqqani, bu esa hududlararo aloqalarni yanada faollashtirayotganini alohida ta’kidladilar. Delegatsiya a’zolari Farg‘onada bir qator ijtimoiy va tibbiyot sohasidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz