Farg‘ona shahrida o‘z biznesini boshlash istagida yurgan fuqarolar va tadbirkorlar uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.






Farg‘ona shahrida o‘z biznesini boshlash istagida yurgan fuqarolar va tadbirkorlar uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Shahar hokimi boshchiligida o‘tgan uchrashuvda eng dolzarb masalalar yuzasidan ochiq va konstruktiv muloqot bo‘lib o‘tdi.
Yer ajratish, imtiyozli kredit olish, subsidiya, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, infratuzilma bilan bog‘liq muammolar — bu va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar eshitildi.
Ahamiyatlisi, murojaatlarning bir qismi shu yerning o‘zida hal etildi. Qolganlariga esa tegishli tashkilotlar orqali qonunchilik doirasida aniq choralar belgilandi.
Sayyor qabullar nafaqat tadbirkorlik muhitini yaxshilash, balki davlat va fuqarolar o‘rtasidagi ishonchli ko‘prikni mustahkamlashda samarali vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Har bir murojaat – e’tiborda, har bir tashabbus – qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“AHA” kompaniyasi Farg‘onada yangi investitsiya loyihasini boshlaydi

Farg‘onada “Lavanda gullari” festivali: Go‘zallik, nafosat va unutilmas lahzalar

Farg‘onada “Dolzarb 90 kun” doirasida konsert va madaniy tadbirlar davom etmoqda

Tadbirkorlar ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi