Farg‘onada “Lavanda gullari” festivali: Go‘zallik, nafosat va unutilmas lahzalar








Farg‘ona shahrida ilk bor tashkil etilgan “Lavanda gullari” festivali mehmonlarga unutilmas taassurotlar hadya etmoqda. “Yangi O‘zbekiston” massiviga tutash hududda joylashgan lavanda dalalarida bo‘lib o‘tayotgan mazkur tadbir tabiat shaydolari, sayyohlar va ijodkorlar uchun chinakam ilhom manbaiga aylangan.
Festival doirasida mehmonlar lavanda dalalarida sayr qilish, suratga tushish, madaniy-ko‘ngilochar dasturlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Tabiat go‘zalligi va milliy qadriyatlar uyg‘unlashgan ushbu maskan turizmni rivojlantirish, mahalliy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda shaharning jozibadorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
“Lavanda gullari” festivali Farg‘ona shahrining yangi sayyohlik brendiga aylanish sari muhim qadam bo‘lib, har yili an’anaviy ravishda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“AHA” kompaniyasi Farg‘onada yangi investitsiya loyihasini boshlaydi


Farg‘onada “Dolzarb 90 kun” doirasida konsert va madaniy tadbirlar davom etmoqda

Tadbirkorlar ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi