Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

912025-05-26 19:25

Javpayada ekilgan uzum niholi nishona berdi, o'riklar ham hosilga kirdi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2089182110328440.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2089182110333220.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2089182110334415.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2089182110336805.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2089182110340390.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2089182110343975.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2089182110346365.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2089182110348755.jpg

Oxirgi yillarda Javpaya mavzesidagi qishloq xo'jaligida foydalanmaydigan yerlarni o'zlashtirish va ulardan samarali foydalanish bo'yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Yerlarni o'zlashtirib ulardan munosib hosil olish maqsadida boshlangan ezgu ishlar o'zining samaralarini bera boshladi.

Ayni kunda Javpayadagi issiqxonalarda ham ish qizg'in. Kartoshka, sarimsoqpiyoz, qovun, pomidor, bodring ekkan mirishkorlar ekilgan ekinlarni parvarishlashmoqda. Qal'acha mahalla fuqarolar yig'ini raisi Fayoziddin Tojiddinovning so'zlariga ko'ra, hudud mirishkorlari allaqachon ikkinchi hosil parvarishi bilan bandlar.

Javpaya massivida bo'lgan tuman hokimi ham hududda olib borilayotgan ishlarni ko'zdan kechirdi. Issiqxonalar yonida barpo etilgan uzumzorda ham yangilik: ekilgan uzum ko'chati nishona beribdi. Uzumzorni tartibga keltirish, xomtok qilish va uzumlarni parvarishlashni tartib bo'yicha yo'lga qo'yish lozimligi qayd etildi.

Javpayada kiraverishdagi yer maydonida ham uzumzor barpo etilgan. Anor, o'rik nihollari ham o'tqazilgan. O'rikning mahalliy navi ekilgan maydonda ushbu nihollar ham meva bera boshladi. Mavzega suv yetkazib berish va ushbu hududlarni mahalla yettiligiga biriktirish lozimligi ham alohida qayd etildi.

“Osh tog'i” etagida barpo etilgan “Yoshlar bog'i”dagi nihollarni ham mehr bilan parvarishlayotgan fuqarolar bilan suhbat qilgan tuman hokimi sug'orish bo'yicha o'z takliflarini berdi. Ayni damda tadbirkorning sa'y-harakati bilan mazkur yangi bog' maxsus texnika orqali sug'orilmoqda.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz