RASMIY MUNOSABAT




Ijtimoiy tarmoqlarda “Chuqurlarga to‘la ko‘cha – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?” sarlavhasi ostida Farg‘ona shahri Kamoliddin Behzod ko‘chasining holati yuzasidan tanqidiy material tarqaldi.
Mazkur murojaat yuzasidan Farg‘ona shahar hokimligi tomonidan tezkor ishchi guruh tuzilib, holat joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida ko‘rsatilgan kamchiliklar bo‘yicha Kamoliddin Behzod ko‘chasida Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan joriy ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan.
Shuningdek, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, xavfsiz va qulay harakatlanishni ta’minlash maqsadida mazkur hududda bosqichma-bosqich to‘liq ta’mirlash rejasi ishlab chiqilgan.
Farg‘ona shahar hokimligi fuqarolar murojaatiga befarq bo‘lmasdan, mavjud muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida doimiy ish olib boradi.
Farg‘ona shahar hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“AHA” kompaniyasi Farg‘onada yangi investitsiya loyihasini boshlaydi


Farg‘onada “Lavanda gullari” festivali: Go‘zallik, nafosat va unutilmas lahzalar

Farg‘onada “Dolzarb 90 kun” doirasida konsert va madaniy tadbirlar davom etmoqda

Tadbirkorlar ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi