Sarikanda mahallasida "Shijoat va g'ayrat" harbiy-sport musobaqasi bo'lib o'tdi








Mahallalar yoshlari o'rtasida ommaviy va harbiy sport musobaqalarini tizimli tashkil etish orqali sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda harbiy xizmatga bo'lgan qiziqishini oshirish maqsadida O'zbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Davlat xavfsizligi xizmati, Mudofaa vazirligi va Sport vazirligining qo'shma qaroriga muvofiq "Shijoat va g'ayrat" harbiy-sport musobaqalarini muntazam o'tkazib borish belgilangan.
Sarikanda yoshlari ham ushbu musobaqalarda katta shijoat va g'ayrat bilan qatnashdilar. Musobaqaning mahalla bosqichi nafaqat bellashuv, balki mahalla yoshlari o'rtasida o'zaro birdamlik, jamoaviy ishlash va yakdillik maydoni bo'ldi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


“Besh tashabbus paralimpiadasi“ning tuman bosqichi o‘tkazildi.

Tuman hokimi ishtirokida fuqarolar murojaati tinglandi.

"Tinch va fayzli oila" tarbiyaviy profilaktik tadbir

