Harbiy hizmatchilarning oilalari o‘rtasida “Zakovat” intelektual o‘yini o‘tkazildi







Quva tumanida joylashgan 45370-Harbiy qismda hizmat qilib kelayotgan harbiy hizmatchilarning oilalari o‘rtasida “Zakovat” intelektual o‘yini o‘tkazildi.
Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689-yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan ma’naviy ma’rifiy tadbirlar doirasida o‘tkazilgan ushbu tadbirda harbiy qismda hizmat qilayotgan harbiylarning oila a’zolari ishtirok etishdi.
Qiziqarli baxs va munozaralarga boy tarzda o‘tgan musoboqada bilimdonlar o‘zlarining ahliy salohiyatlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazdilar.
Tadbirda harbiy qism rahbarlari, tuman hokimining Davlat tilida ish yuritish masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Botirova ishtirok etdilar.
Tadbir davomida “Amir Temur saltanati" kitobi taqdimoti ham bo'lib o'tdi
Musoboqa yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlanishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Farg‘ona shahrida mahalla raislari saylovi boshlandi


Farg‘onada tadbirkorlar murojaatlariga amaliy yechimlar topilmoqda

Farg‘onada vodiyda yagona bo‘lgan zamonaviy mebel markazi ish boshladi

“Kitobim – oftobim”: Fargʻonada kitobga mehr tadbiri o‘tkazildi