Sinsyan shahridagi "Huaxi technology" kompaniyasi faoliyati bilan tanishildi










Xitoyda amaliy tashrifda bo‘lib turgan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Xenan provinsiyasi Sinsyan shahridagi "Huaxi technology" kompaniyasi faoliyati bilan tanishdilar.
Mazkur kompaniya Xitoyning qishloq xo‘jaligi sohasidagi yirik kompaniyalaridan biridir. Bu yerda qishloq xo‘jaligi uchun preslovchi texnikalar (ekinlarni o‘ram qiluvchi) ishlab chiqariladi. Zamonaviy texnologiyalar bilan ishlovchi kompaniyada 70 foiz jarayonni robotlar amalga oshiradi. Shu bilan birga ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalar yo‘lga qo‘yilgan. Yangi turdagi zamonaviy texnikalar ixtiro qilinib, ishlab chiqarishga tatbiq etilyapti. Yuqori sifat va samaradorlikka ega bu qishloq xo‘jaligi texnikalari ichki bozor bilan bir qatorda Rossiya, Avstraliya, Misr kabi davlatlarga eksport qilinmoqda. Qishloq xo‘jaligi texnikalarini Xitoy fond birjasiga aksiyalarini chiqargan birinchi kompaniya hisoblanadi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov kompaniya rasmiylari bilan muloqotda ularning faoliyatini e‘tirof etib, bunday ilg‘or texnologiyalar qishloq xo‘jaligida katta samara berishini ta‘kidladi. Kompaniyaning viloyatimizdagi loyihasini tezroq ishga tushirish, hamkorlikni yanada kengaytirishga e‘tibor qaratildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Фарғона вилояти делегациясининг Хитойга амалий ташрифи давом этмоқда

Farg‘ona shahri bo‘ylab yangi yil bayrami shodiyonalari davom etmoqda!!!

