Oltiariq tumani axborot-kutubxona markazida zamonaviy essenavis







yozuvchi Sherzod Ortiqovning "Sevdik, kuldik, yig‘ladik" kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Sherzod Ortiqov o‘z ijodi, kitoblari: “Sevdik, kuldik, yig‘ladik”, “Kuz simfoniyasi”, “Dunyoni qutqarmagan go‘zallik” hamda “Mona Liza tabassumi” haqida gapirar ekan, “Kitob maslahatchi, sadoqatli hamrox, eng yaqin do‘st va bebaho boylik hisoblanadi. Bola tarbiyasida uning o‘rni muhim.
Millatning ma’naviy-ruhiy dunyosini kitobga munosabati, kitobxonlik darajasiga qarab ham aniqlash mumkin. Jahon madaniyatiga munosib hissa qo‘shgan ajdodlarimiz erishgan betakror yutuqlarning sababi ham kitob mutolaasidir,”- dedi.
Sherzod Ortiqovning “Sevdik, kuldik, yig‘ladik” kitobi taqdimoti o‘zgacha muhokamalarga, savol-javoblarga boy hamda yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Фарғона вилояти делегациясининг Хитойга амалий ташрифи давом этмоқда

Farg‘ona shahri bo‘ylab yangi yil bayrami shodiyonalari davom etmoqda!!!

