Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

592025-04-18 19:26

Quvasoy shahridagi alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan 90-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bitiruvchi sinf o‘quvchilarini mustaqil hayotga tayyorlash maqsadida o‘ndan ortiq kasb-hunar to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.



Duradgorlik, payvandlash, mebelsozlik, velo-moto ustachiligi va elektro-montajchiligi to‘garaklari o‘g‘il bolalar bilan doimo gavjum bo‘lsa, qizlar pazandachilik, to‘quvchilik, tikuvchilik, yumshoq o‘yinchoqlar va turli aksessuarlar yasashni maroq bilan o‘zlashtirmoqdalar.

Qariyb 3 gektar maydonda yastanib yotgan bog‘ o‘quvchilarni Ona tabiatga oshno etadi. Shuningdek, bu yerda bitiruvchilarga xo‘jalik yuritish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ham olib boriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz