Quvasoy yoshlari har sohada ildam bo‘lib, yuksak marralarni zabt etmoqda



Huvaydo mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi Abduraxim Qodirbekov “Scientificacamedy” ilmiy-ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilgan “Buyuk meros: Tarix, madaniyat va milliy qadriyatlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida “Vatan iftixori” Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosidagi xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovida ishtirok etdi. Taqdim etgan hujjatlari ilmiy kengash tomonidan bir ovozdan ma’qullanib, “Vatan iftixori” esdalik nishoniga ega bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur tanlov ishtirokchilari joriy yilning 10-may kuni Samarqand shahri bo‘ylab, tarixiy obidalarga bir kunlik ekskursiya qiladilar va ularga “Vatan iftixori” esdalik nishoni, maxsus guvohnoma, ilmiy maqolalar to‘plami, sertifikat, tashakkurnoma hamda qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda Samarqand shahrida taqdim etiladi.
Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Фарғона вилояти делегациясининг Хитойга амалий ташрифи давом этмоқда

Farg‘ona shahri bo‘ylab yangi yil bayrami shodiyonalari davom etmoqda!!!

