Qo‘shtepalik shashkachilar Respublika bosqichiga yo‘llanma olishdi



Farg‘ona shahrida joylashgan “Barkamol avlod bolalar markazi”da “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida shashka sport turidan mahallalarda istiqomat qiluvchi 16-21, 22-26 va 27-30 yosh toifalaridagi yigitlar hamda qizlar o‘rtasida viloyat bosqichi bellashuvlari qizg‘in tarzda bo‘lib o‘tdi.
19 ta tuman va shaharlardan kelgan shashkachilar ichida qo‘shtepalik yoshlarimizning 2 nafari g‘olibliklikni qo‘lga kiritishib, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Ular 22-26 yosh toifasida “O‘qchi” MFYdan Muhammadiy Jaloliddinov, 27-30 yosh toifasida “Do‘rmon” MFYdan Adhamjon Xoshimov.
Iqtidorli yoshlarni tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarga omad tilaymiz!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Фарғона вилояти делегациясининг Хитойга амалий ташрифи давом этмоқда

Farg‘ona shahri bo‘ylab yangi yil bayrami shodiyonalari davom etmoqda!!!

