Quvasoy shahrida Navro‘z shodiyonalari keng tantana qilindi








Sharqona yangi yil boshlanadigan qutlug‘ kun – Navro‘zi olam asrlar davomida bahor, ezgulik, mehr-oqibat, mehnat va bunyodkorlik ramzi sifatida el-yurtimizning ijtimoiy-ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin tutib kelmoqda.
Quvasoy shahridagi barcha maskan va mahallalarda ham bahor tarovati kezgan Navro‘z bayrami munosabati bilan xalq sayllari, bayram tadbirlari tashkil etilib, yasharish va yangilanish fasli keng tantana qilinmoqda.
Shahar markazidagi “Mustaqillik” maydonida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida o‘tkazilgan xalq sayllari va bayram tadbiri ham barchaga shodlik bag‘ishladi.
Milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi ko‘rgazmalar namoyishi, milliy o‘yinlar musobaqalari, xalq amaliy san’ati namunalari va turli tanlovlar yurtimizdagi osudalik, farovonlik, to‘kinlik hamda fayzu barakaning ifodasi bo‘ldi.
Bayram tadbirini shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov kirish so‘zi bilan ochib, bayram tabrigini barchaga yetkazdi va sharqona yil boshi barcha sohalar uchun qut-barakali bo‘lishini tiladi.
Ming yillar davomida ma’naviy hayotimizning ko‘rki bo‘lib kelayotgan bu ajoyib bayram joriy yilda ham muqaddas Ramazon oyida nishonlanayotganligi, shahrimizning barcha go‘shalarida ezgu amallar bayramga yanada fayz va shukuh bag‘ishlayotganligi ta’kidlandi.
Bayram sahnasida namoyish etilgan raqslar, jajji bolajonlar, xushovoz san’atkorlarning taronalari, badiiy jamoalarning dasturlari ishtirokchilariga bayramona zavq ulashdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘ona shahri bo‘ylab yangi yil bayrami shodiyonalari davom etmoqda!!!



Farg‘ona shahrida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari faoliyati davom etmoqda

Ijtimoiy ko‘mak sifatida kontrakt pullari to‘lab berildi.