Hokim yordamchilari Navro‘zni yangi uylarda nishonlamoqda







Navro‘z bayrami arafasida viloyatimizning mahalla fuqarolar yig‘inlarida namunali faoliyat olib borayotgan, o‘ziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan 20 nafar hokim yordamchilariga Farg‘ona shahridagi Ekoshahar - "Yangi O‘zbekiston" massividagi ko‘p qavatli uy-joylardan xonadonlar topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, mutasaddi boshqarmalar rahbarlari, mahallalardagi hokim yordamchilari va ularning oila-a’zolari ishtirok etdi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan hokim yordamchilari faoliyati yo‘lga qo‘yilgani va ular tomonidan qisqa davr mobaynida tizimli ishlar tashkil etilganligiga to‘xtaldi. Yangi uylar ular uchun bayramga munosib tuhfa bo‘lganligini ta’kidladi. Yangi uy egalariga ezgu tilaklar bildirildi.
20 nafar hokim yordamchilariga subsidiya asosida yangi xonadonlar kalitlari tantanali topshirildi.
Yangi xonadonga ko‘chib kirayotgan oilalar vakillari so‘z olib, berilgan e’tibor va rag‘bat uchun Prezidentimizga o‘z minnatdorliklarini izhor qilishdi.
Tadbir ishtirokchilari xonadonlarda bo‘lib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Ma’lumot o‘rnida: 2024 yilda hokim yordamchilari tomonidan 245 ming nafar aholini daromadli mehnat bilan bandligi ta’minlandi. Mahallalarda qiymati 2,096,4 mlrd so‘mlik 33147 ta mikroloyihalar ishga tushirilib, 58760 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘ona shahri bo‘ylab yangi yil bayrami shodiyonalari davom etmoqda!!!



Farg‘ona shahrida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari faoliyati davom etmoqda

Ijtimoiy ko‘mak sifatida kontrakt pullari to‘lab berildi.