Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Koreya-O‘zbekiston Biznes assosiatsiyasi vitse-prezidenti Edvard Kimni qabul qildi


Uchrashuvda Farg‘ona va Koreya Respublikasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, xususan, Koreyaning Chungchongnam-do provinsiyasi investorlarini viloyatimizga jalb etish, tarmoqlarni rivojlantirishda sun‘iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Hafta davomida IT, avtomobilsozlik, ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgan bir guruh koreyalik ishbilarmonlarni Farg‘onaga tashrif buyurishlari rejalashtirilayotgani ma‘lum qilindi.
Samimiy muloqot davomida ikki hudud o‘rtasidagi hamkorlik doirasida Koreyada mehnat faoliyatini olib bormoqchi bo‘lgan farg‘onaliklarni Chungchongnam-do gubernatorining maxsus kvotasi asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu provinsiyaga ishga yuborishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham ko‘rib chiqildi. Madaniyat yo‘nalishida ham aloqalarni davom ettirish masalasiga e‘tibor qaratilib, hamkorlik istiqbollari kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘ona shahri bo‘ylab yangi yil bayrami shodiyonalari davom etmoqda!!!



Farg‘ona shahrida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari faoliyati davom etmoqda

Ijtimoiy ko‘mak sifatida kontrakt pullari to‘lab berildi.