Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

Nazarov Vosiljon Shuhratovich

2022-yildan buyon Farg’ona shahar hokimi bo’lib ishlab kelmoqda

Batafsil
Ishonch telefoni:

0(373) 243 91 30

Shaharning asosiy sohalari

Yengil sanoat

Tibbiyot

Ta’lim xizmatlari

Yangiliklar

Yangiliklarga obuna bo’ling

Barchasi

E'lonlar


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurudagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurudagi Davlat hizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan vacancy.argos.uz sayti orqali mehnatga layoqatli ishlash istagidagi nogironligi bo'lgan shaxslar uchun Farg'ona shahri hududida joylashgan davlat tashkilotlarining bo'sh ish o'rinlariga tanlovlar e'lon qilingan. OneID orqali ro'yxatdan o'tib, munosib bo'sh ish o'rinlariga ariza jo'natishingiz mumkin. Ariza topshirishda qiynalsangiz hududingizdagi Ijtimoiy xodimga murojaat qilishingiz mumkin. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang, bo'sh ish o'rinlariga nomzodingizni tashlang!!! Farg'ona shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi.

2024-04-16 11:15 21

Tanlovda xorijiy oliy ta'lim muassasalarida yoki O’zbekistondagi xorijiy oliygohlar filiallarida ta'lim olgan, rus, ingliz va boshqa chet tillarini biladigan, 35 yoshgacha bo’lgan mutaxassislar ishtirok etishi mumkin. Tanlovda ishtirok etish istagida bo’lgan yoshlardan Telegram tarmog’ida ishga tushirilgan @fvhrezumebot maxsus boti orqali o’zlari haqidagi ma'lumotlarni viloyat hokimligiga taqdim etishlari so’raladi. Har bir ishtirokchi bilan bevosita muloqot o’tkaziladi, ularning bilim va tajribalaridan to’la foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, mas'uliyatli lavozimlar va rahbarlik ishlariga jalb etish bo’yicha ish tashkil etiladi.

2022-02-10 11:17 237

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 avgustdagi “Farg‘ona viloyatida joylashgan ishlamay turgan va kam quvvatli korxonalar faoliyatini tiklash, shuningdek davlat mulki ob’ektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 672-sonli qaroriga asosan Quvasoy shahridagi sobiq “Quvasoy chinnisi” AJ hududida kichik sanoat zonasi tashkil qilinmoqda. Kichik sanoat zonasi hududidagi ishlab chiqarish maydonlari tadbirkorlik sub’ektlariga, davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun eng kam ijara to‘lovi stavkasi bo‘yicha, ijaraga olingan maydonda amalga oshiriladigan faoliyat turidan kelib chiqqan holda, tegishli koeffitsientlarni qo‘llamasdan uzoq muddatli ijaraga beriladi. Sanoat zonalarida joylashtirilgan tadbirkorlik sub’ektlarini, ularning ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiq, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlanadi. Eng asosiysi, kichik sanoat zonalarida joylashadigan korxonalar investitsiya shartlarini bajargan holatda kichik sanoat zonalari hududida joylashtirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i va foyda solig‘i to‘lashdan, shuningdek, yagona soliq to‘lovi (soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimi qo‘llanayotgan sub’ektlar uchun) to‘lashdan ikki yil muddatga ozod qilinadi.

2018-06-04 11:14 216

So‘x tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi ta’lim muassasalardagi mavjud vakant dars soatlar haqida ma’lumot

2023-08-05 08:27 156

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi huzuridagi Jamoat fondi “Jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy salohiyatini yanada yuksaltirishda Jamoat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash” mavzusida davlat grantini ajratish uchun 3-tanlovni e’lon qiladi.1. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, tibbiy madaniyatni yuksaltirish.- Aholini reproduktiv salomatligini mustahkamlash, bolalarning tug‘ma kasalliklar va nuqsonlar bilan dunyoga kelishini oldini olish va profilaktikasiga bag‘ishlangan materiallar tayyorlash, aholi o‘rtasida targ‘ib etish;- Aholi o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish madaniyatini, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini mahallalar, ta’lim-tarbiya muassasalarida keng targ‘ib qilish. Shuningdek, turli yuqumli kasalliklarga chalinish holatlarini oldini olishda, tibbiyot muassasalari bilan ijtimoiy sheriklikni, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.- Aholi o‘rtasida beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish, qon donorligi bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish. Shuningdek, Fuqarolik jamiyati institutlari va aholi ishtirokida donorlik aksiyalarini o‘tkazish, ommaviy axborot vositalari orqali qon donorligi ahamiyatini keng targ‘ib qilish.2. Hududlarda ishsiz yoshlarni aniqlash, xorijiy tillarga o‘qitish, kasb-hunarga o‘rgatish va bandligini ta’minlash.- Hududlardagi MFYlar bilan hamkorlikda ishsiz yoshlarni aniqlash, ro‘yxatini shakllantirish va malakali xorijiy tillarni o‘rgatuvchi mutaxassislarni jalb qilish.- Hududlardagi umumta’lim maktablari bilan hamkorlikda o‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish yuzasidan mehnat darslarining amaliy soatlariga (Usta) mutaxassislarni jalb qilish orqali “Usta-shogird” an'analarini yo‘lga qo‘yish.- Yoshlarning intellektual salohiyatlarini yuksaltirish, ularni yangicha fikrlashga, kashfiyotchilik qobiliyatlarini yuksaltirishga, axborot texnologiyalari bo‘yicha yangi g‘oyalar, takliflar va loyihalarni ishlab chiqishga yo‘naltirish.3.Tibbiy va ekologik madaniyatni yuksaltirish va atrof muhitni yaxshilash.- Qishloq joylardagi aholi punktlarida obodonlantirish va ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya-ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashish;- Suvdan oqilona foydalanish madaniyatini va suv ishlatish samaradorligini oshirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish, jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;- Ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasiga NNT va fuqarolik jamiyatining institutlarini jalb qilish.4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-sonli “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘irisida”gi Farmonni ijrosi yuzasidan Farg‘ona viloyatida ichki turizimini yanada rivojlantirish diqqatga sazovor joylarni tarixiy obidalarni asrab-avaylash, kelgusi avlodimizni xabardor qilish maqsadida aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish.- Farg‘ona viloyatining diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalarini video tasvirga olish, har bir obyekt bo‘yicha alohida videoroliklar tayyorlash. Videoroliklarni ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy axborot vositalari, rasmiy Telegram kanallari orqali namoyish qilish orqali ziyoratchi-sayyohlarni jalb qilish.- Viloyatdagi barcha ziyoratchi-sayyohlarni qabul qilish maskanlarni ro‘yhatini shakllantirish, veb-mobil ilovalar yaratish. Veb-mobil ilovada ziyoratchilarni maskanlarini ko‘rinishi, qamrovi, sharoiti, joylashuvi hamda qo‘shimcha ma’lumotlar aks etgan bo‘lishi lozim.- Hududlardagi aholi xonadonlarining sanitariya-epidemiologik (gigenik) osoyishtaligini ta’minlash va uy turizimlariga moslashtirish yuzasidan aholining sog‘lom turmush tarzini yaxshilash, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish hamda davlat tashkilotlari bilan ijtimoiy sheriklikda jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo'yish.5. Jamiyatda tinchlik va totuvlik hamda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini yanada mustahkamlash borasida ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarni axborot kommunikatsiya texnologiya imkoniyatlaridan keng foydalangan holda amalga oshirish.- Hududlarda “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida turli yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish yuzasidan videorolik, taqdimot va bukletlar ko‘rinishdagi ma’lumotlarni internet va ijtimoiy tarmoqlarda, shu jumladan, mashhur mahalliy vaynerlar va blogerlar kanallarida tarqatish;- Millatlararo hamda konfessiyalararo totuvlikni ta’minlashda Fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilish;- Mamlakatimizda taqiqlangan turli ekstremistik, terorristik tashkilotlar, shaxslar hamda noqonuniy diniy mazmundagi materiallar tarqatishning salbiy oqibatlari haqida 3-5 minutlik videorolik va video material, ma’rifiy-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha uchrashuvlar hamda targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish.6. Nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatini rivojlantirish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishga ko‘maklashish.- Nodavlat notijorat tashkilotlari va davlat tashkilotlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, sohadagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;- Ijtimoiy sheriklik sohasini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlaridagi mavjud bo‘shliqlarni to‘ldirish va ularni tizimli ravishda amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ekspertlarning fikr-mulohozalari va takliflarini muhokama qilish;- NNTlar va davlat organlari o‘rtasida muloqotlar o‘rnatish borasida seminar treninglar o‘tkazish orqali erkin “Muloqot maydonchasi”ni tashkil qilish.Ma’lumot uchun: Loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlarni Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasi hamda OAVlarida yoritib borishni yo‘lga qo‘yish.Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;2.Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi jamoat fondining telegramdagi “https://t.me/UzNNT_Fargona_viloyat” guruhiga joylashtirilgan talablar shaklida to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;3. Oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;4. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi; 5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo‘llab-quvvatlash xatlari.7.Tashkilotni hududiy Davlat soliq inspeksiyasidan qarzdor emasligi haqida ma’lumotnomasi.Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 70 mln. so‘mgacha.Hujjatlarni qabul qilish 2024-yil 21-avgustdan 23 sentyabrgacha (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) har kuni soat 9:00 dan 16:00 gacha qabul qilinadi.Tanlov bo‘yicha hujjatlar muhrlangan konvertda (A4 format) Farg‘ona shahri B.Marg‘iloniy ko‘chasi 105-uy manzilidagi Nodavlat notijorat tashkilotlari uyining 2-qavatida joylashgan Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi nomiga yuborilishi so‘raladi.Ma’lumot uchun telefon: (93) 732-77-87, (99) 002-75-00.

2024-08-21 07:07 140
Asosiy hujjatlar
Barchasi

324-11-169-F/24
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o‘ttiz ikki yilligini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash to‘g‘risida
№ -VI-60-79-11-169-K/22
2022-yil 1-choragida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar hisoboti toʻgʻrisida
№ ҲҚ-43
Viloyat ijara munosabatlarini tartibga solish hamda 2021 yilda davlat koʼchmas mulklari uchun qoʼllaniladigan ijara haqining eng kam stavkalarini tasdiqlash toʼgʼrisida
№ HQ-121
Bozorlar va savdo komplekslarida bir martalik yigʼimlar, ijara toʼlovi va koʼrsatiladigan xizmatlar qiymati miqdorlarini tasdiqlash toʼgʼrisida
№ HQ-202
Fargʼona viloyati xokimining ayrim qarorlarini oʼz kuchini yukotgan deb topish toʼgʼrisida

Murojaatlar statistikasi

0+

Jami murojatlar

0+

Jarayonda

0+

Ko'rib chiqilgan

Davlat xizmatlari

151

Litsenziyalash

Tadbirkorlik faoliyat turi bo’yicha litsenziyalash

63

Ma’lumotnomalar

Tug’ilganlik, nikoh ma’lumotnomalari, yashash joyi manzili

60

Ta’lim

Maktabgacha ta’lim, oliy va o’rta ta’lim, nostrifikatsiya

45

Ko’chmas mulk

Kadastr pasporti, Servitut, Ko’chmas mulk

33

Transport

Avtomobil, temiryo’l, avtomobil sug’urtasi

56

Ijtimoiy himoya

Nafaqa tayinlash, Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasi

24

Fuqarolik

ID karta, Xorijga chiqish pasporti, Ijro hujjati, migratsiya

7

Farg’ona shahar hokimligi xizmatlari

Davlat mulkini xususiylashtirish, subsidiya, investitsiya joylash

Xarita

http://api3.fergana.uz/files/face/regions/file-2069861609392490.jpgFarg'ona shahri

Aholisi

322.0 ming kishi

Maydoni

95 kv.km

Tashkil topgan yil

1877-yil

Rasmiy vebsayti

www.fargona.uz

Farg'ona shahar investitsion holati

Iqlimi

Minimal harorat

-2 dan 5 C gacha

O'rtacha harorat

15 dan 27 C gacha

Maksimal harorat

30 dan 42 C gacha

Barchasi